Barqaror rivojlanish maqsadlarining 17-yo‘nalishi bo‘lgan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetida 2022-yil uchun uzoq muddatli ham yaqin muddatli strategik reja ishlab chiqilgan va bu borada barcha fakultetlar yil mobaynida ish olib boradi. Ishlar bir qancha yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022-yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universiteti va Malayziya Terengganu universiteti (UMT) o‘rtasida hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.
Endilikda ikkala universitet barcha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini olib boradilar. Uchrashuvda hamkorlikni talabalar mobilligi dasturlaridan boshlashga kelishib olindi. Tadbir yakunida hamkorlikda amalga oshirish uchun kelgusi qadamlar va mexanizmlarni muhokama qilish maqsadida ekspert darajasidagi muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, Malayziyaning Terenganu universiteti Malayziyada 25-oʻrinni va QS WUR reytingida 351-400 o‘rinlarda turadi.

