2022-yilning 7-sentabr kuni O’zbekiston Milliy universitetida “3D DIGITAL SILK ROAD” loyihasi doirasida xalqaro konferensiya o’tkazildi. Ushbu “3D DIGITAL SILK ROAD” loyihasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Lyublin texnologiya universiteti, Polsha Milliy Universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika univyersiteti hamda Urganch davlat universitetlari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
“3D DIGITAL SILK ROAD” loyihasida O‘zbekistondagi muzeylarni jahon miqyosida tadbiq qilish orqali O‘zbekison tarixi, madaniy merosi, sanʼati va madaniyati, adabiyoti va milliy urf-odatlarining jahon miqyosiga targ‘ib qilish, shu bilan birga, xorijiy universitetlar taʼlim tizimi va kutubxonalari bilan yaqindan tanishish, ular bilan hamkorlikni yo’lga qo‘yish, tajriba almashish, kelajakda dunyo psixologlari bilan aloqalarni rivojlantirish, psixologiyamiz yutuqlarini targ‘ib qilish kabi ezgu maqsadlar koʻzda tutilgan.
Ilmiy-amaliy anjumanda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Lyublin texnologiya universiteti, Polsha Milliy Universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika univyersiteti hamda Urganch davlat universitetlari professor olimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Konferensiyaning dastlabki sessiyasida loyihaning Ipak yo’li madaniy merosini 3D raqamlashtirishning ilmiy-amaliy natijalari, Lyublin texnologiya universiteti va Ipak yo’li hududidagi universitetlar o’rtasidagi hamkorlik, O’rta Osiyo madaniy aloqalarining rivojlanishida Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati to’g’risida milliy va xorijiy olimlar tomonidan ma’ruzalar tinglandi.
Ma’lumot uchun, “3D DIGITAL SILK ROAD” loyihasi doirasidagi xalqaro konferensiya joriy yilning 9-sentabr kuniga qadar bo’lib o’tadi.

