SPORT MUSOBAQALARI SPARTAKIADASIGA START BERILDI

O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil topganligining 105 yilligi munosabati bilan universitetning Sport majmuasida rektorning 2023-yil 8-apreldagi 01-92-sonli buyrug‘i ijrosiga muvofiq professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha sport musobaqalariga start berildi.

Kasaba uyushma qo‘mitasining umumiy rahbarligida O‘zMU Sport klubi tomonidan o‘tkazilgan spartakiadaning ilk kunida rektorat, fizika, xorijiy filologiya, kimyo, amaliy matematika va intellektual texnologiyalar, geografiya va geoaxborot tizimlari, geologiya va geoinformasion tizimlar, taekvondo va sport faoliyati, biologiya, ijtimoiy fanlar, o‘zbek filologiyasi fakultetlari, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Murosasiz kechgan 1-tur bahslari yakunida quyidagi hisoblar qayd etildi:

  1. Fizika fakulteti – Xorijiy filologiya fakulteti (6:2)
  2. Rektorat – Kimyo fakulteti (5:3)
  3. Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti – Geografiya va geoaxbort tizimlari fakulteti (3:2)
  4. Geologiya va geoinformasion tizimlar fakulteti – Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi (1:2)
  5. Taekvondo va sport faoliyati fakulteti – Biologiya fakulteti (4:1)
  6. Ijtimoiy fanlar fakulteti – O‘zbek filologiyasi fakulteti (2:1)

Ma’lumot o‘rnida, mini-futbol musobaqalari spartakiadasining 2-tur bahslari 3 may kuni davom etadi.

Scroll to Top