“Iqtisodiyot” yo‘nalish Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetining Axborot-resurs markazi, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarimiz orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, kitobsevarlik anʼanalarini rag‘batlantirish maqsadida 2021-yil 2-may kuni “Eng faol kitobxon” mavzusida 23-aprel “Butun jahon kitob va mualliflik huquqi” kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda 1-kurs talabalari orasida Axborot-resurs markazi adabiyotlaridan eng faol foydalangan quyidagi talabalar “Eng faol kitobxon” diplomi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar: 1-kurs “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabasi Kenjayeva Eʼzoza Aktam qizi, 1-kurs “Bank ishi va audit” yo‘nalishi talabasi Akbaraliyev Botirali Raxmatali o‘g‘li, 1-kurs “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabasi G‘ulomova Zaxroxon G‘ofurjon qizi, 1-kurs “Byudjet nazorati va g‘aznachilik” yo‘nalishi talabasi Tursunov Alisher Valijon o‘g‘li, 1-kurs “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi talabasi Rustamova Maftuna Umarbek qizi, 1-kurs “Moliya va moliya texnologiyalari” yo‘nalishi talabasi Abduraximov Firdavs Asrorovich, 1-kurs “Inson resurslarini boshqarish” yo‘nalishi talabasi Turdiyeva Madina Muzaffar qizi, 1-kurs “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo‘nalishi talabasi Soliyeva Kamola Dilmurod qizi.
Taqdirlash davomida har bir talabaga kutubxonadan foydalanganlik darajasi bo‘yicha statistik tahlil natijalariga asosan taʼrif berildi. Tadbirda umumiy Axborot-resurs markazi faoliyati haqida videorolik namoyish etildi. Hozirgi davr o‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan isteʼdodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufni xotirlab, ularga bag‘ishlangan sheʼrlar o‘qidilar, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Bundan tashqari, tadbirning qizg‘in o‘tishida “Tezkor savol javob” o‘yini o‘tkazilib, g‘olib bo‘lganlarga sovg‘alar taqdim etildi. Kitobxonlik kuniga bag‘ishlab devoriy gazeta tayyorlagan talabalar ham esdalik sovg‘alari bilan takdirldandilar. Shuningdek, tadbirda tanlov eʼlon qilinganidek eng ko‘p badiiy adabiyot o‘qigan talabalar musobaqalashib, g‘olib bo‘lganlarga sovg‘alar taqdim etildi. Bundan tashqari “Factor books” nashriyoti tadbirga taklif etilib, ular tomonidan nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

