O’zMU Xalqaro aloqalar boʼlimi tashabbusi bilan malaka oshirayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun ingliz tilida muloqot to‘garagi

Bugun, 15 may kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʼlimi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (minataqaviy) markazida malaka oshirayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun ingliz tilida muloqot to‘garagi tashkil etildi.

Toʼgarakni «O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati, A.S.I.E. tashkiloti va O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik doirasida faoliyat yuritayotgan stajor Elise Boesh Meda olib bordi.

Toʼgarak “Iqlim o‘zgarishi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni tashkil etishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarda o‘z fikrlarini ingliz tilida erkin bayon etish, suhbat qurish, shuningdek atrof-muhit va iqlimni muhofaza qilish uchun yechimlarni topish kabi kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllarntirish va o‘z o‘quvchilariga maqsadli yetkazib berishda ko‘maklashishdan iborat.

O‘qituvchilarning hohish va talablarini inobatga olgan holda, mazkur ingliz tilidagi muloqot to‘garagi xaftda bir marta o‘tkazishga kelishib olindi.

Scroll to Top