XALQARO YOZGI MAKTABNING IKKINCHI KUNI

“Buyuk ipak yoʼlidagi madaniy va til qadriyatlari” shiori ostida xalqaro yozgi maktabning 2-kuniga ham start berildi. Ishtirokchilar dars jarayonlariga kirishishdi. Talabalar bugun “Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari” hamda “Yangi O‘zbekiston” mavzularida o‘z bilimlarini yanada ko‘paytirishmoqda.
Ularga ayniqsa yurtimizdagi qadimiy joylar, qadimiy obidalar va ularning tarixi haqidagi ma’lumotlar juda qiziq. Dars davomida ishtirokchilar interaktiv o‘yinlar bilan Toshkent tarixi va uning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida qizg‘in baxs munozaralar olib borishmoqda.