Xitoyning Sichuan universiteti akademik Yongbin Ruan boshchiligidagi 5 nafar professor va 17 nafar talabalaridan iborat delegatsiya O’zMUda

Bugun 13-iyul kuni V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahridagi Sichuan universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 10-19 iyul kunlari bo‘lib o’tishi rejalashtirilgan Xalqaro Matematika yozgi maktab qatnashchilarini O‘zMU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova qabul qildi. 

Qabul marosimidan so‘ng, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari tomonidan yozgi maktab ishtirokchilarini O‘zbekiston Milliy universiteti hududida joylashgan muzeylarga sayohat uyushtirildi. Xitoyning Sichuan universitetidan akademik Yongbin Ruan boshchiligidagi 5 nafar professor va 17 nafar talabalaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad o‘zaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va talabalar uchun yozgi maktab o‘tkazishdan iborat. Yozgi maktabda Matematika fakulteti professor-o’qituvchildri hamda Matematika instituti olimlari talabalarga fanning dolzarb yo’nalishlari bo’yicha ma’ruzalar o’qishmoqda. Xitoylik talabalar Zoologiya muzeyi hamda akademik T.N.Dalimov nomidagi geologiya muzeyi bilan yaqindan tanishishdi. 

Yozgi maktab ishtirokchilari ekskursiyada davomida unitilmas taasurotlarga ega bo‘lishdi. Sichuan universiteti professorlari va talabalarining 10 iyuldan 19 iyulga qadar Matematika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti, Matematika institutining Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Samarqand bo‘limlariga tashriflari rejalashtirilgan. Ushbu tashrif O‘zbekiston va Xitoy matematiklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirshga hamda O‘zbekiston matematika ilmini dunyoga tanitish uchun muhim qadamlardan biri bo‘ladi degan umiddamiz.

Scroll to Top