Xabaringiz bor, joriy yilning 12-iyulidan “Buyuk ipak yoʼlidagi madaniy va til qadriyatlari” shiori ostida xalqaro yozgi maktab o‘z ishini boshlagan edi. Bugungi kunga qadar ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi, urf-odatlari, milliy taomlari, tili, oilada tabiya va odobning o‘rni kabi mavzularida bilimlarga ega bo‘lishdi.
Bugun esa, O‘zbek san’ati: haykaltaroshlik, kulolchilik, hunarmandchilik mavzusida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda O’zMU Ingliz filologiyasi o’qituvchisi Mamatova Feruza tomonidan har bir ishtirokchiga o‘zbek kulolchilik, hunarmandchiligidan estalik sovg‘a berildi. Xorijiy talabalar uchun bu kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Ular o‘zbek san’atining mo‘jizaviy ko‘rinishidan hayratlanishdi.

