Yozgi maktab ishtirokchilari Toshkent viloyati tog’larida

Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilar Toshkent viloyatida joylashgan Oqtosh tog’lariga tashrif buyurishdi. Talabalar sayohatni Chinorkent majmuasiga tashrifdan boshlashdi. Ular dor yo’lida tog’ cho’qqisiga chiqib, Toshkent viloyatining go’zal manzarasidan bahramand bo’lishdi.
Dastur doirasida rejalashtirilgan ushbu sayohat davomida talabalarga “O’zbek milliy taomlari” darsi amaliy tarzda O’zMU ingliz filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari tomonidan osh pishirib ko’rsatildi. Ushbu sayohatni tashkil qilgan O’zMU ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri Jumabayeva Jamila Sharipovna hamda mazkur kafedra professor-o’qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.