Xalqaro yozgi maktabning yopilish marosimi

Bugun, 20-iyul kuni “Buyuk ipak yo‘lidagi madaniy va til qadriyatlari” shiori ostida xalqaro yozgi maktabining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi. Xalqaro yozgi maktabning yuqori saviyada o‘tkazishga katta yordam bergan o‘qituvchilar jamoasi ham sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. 

Tadbir davomida, 9 kun davom etgan xalqaro yozgi maktab haqida talabalardan taasurotlari eshitildi. Ishtirokchilar qisqa muddatda O‘zbekiston haqida, uning qadimiy obidalar, milliy taomlari, milliy kiyimlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishganini o‘zgacha bir zavq bilan so‘zlab berishdi.

Fursatdan foydalanib, xalqaro yozgi maktabni a’lo daraja o‘tkazishga yordam bergan O’zMU Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri Jumabayeva Jamila Sharipovna va Rus adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri Kamilova Saodat Ergashevna boshchiligidagi kafedra professor-o’qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Scroll to Top