Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Markaziy Osiyoda yoshlarning iqlim harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan “Anchor school for youth climate action in Central Asia” loyihasi doirasida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolarni hal etishda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, QS va THE xalqaro reytinglarida universitetlarning baholanishida atrof muhit, ekologiya muammolari va iqlim harakatlari barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Milliy universiteti keyingi yillarda bir qator loyihalar, tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Aynan shunday tadbirlardan biri Gidrometeorologiya fakulteti tashabusi bilan hamda mazkur fakultetning Jahon bankining RESILAND CA+ dasturi doirasida Jizzax viloyati Forish tumani, Farg‘ona vloyati Oltiariq tumani, Samarqand viloyati Urgut tumanlaridagi 6 ta maktabdan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilari ishtirokidagi o‘quv-amaliy seminari o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbirning amaliyot darslari Chorvoq o‘quv dala amaliyot bazasida davom etishi rejalashtirilgan. Seminarda “About creating a project and climate change and ecology” (Iqlim o‘zgarishlari va ekologiya haqida loyiha yaratish) mavzusida bo‘lib o‘tadi.



