Nemis tili professor-o’qituvchilari uchun amaliy seminar

Joriy yilning 26-sentyabrida O’zbekiston Milliy universiteti va O’zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi bilan hamkorlikda Germaniya Federativ Respublikasining Passau universitetidan kelgan Deuser Leon Alexanderning nemis tili professor-o’qituvchilari uchun amaliy seminari bo’lib o’tdi.
Seminar dastlab maqsad va vazifalar tanishuvi bilan boshlanib, Buxoro, Xorazm, Farg’ona va Toshkent shahridagi oliygohlardan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilarning faoliyati xususida suhbatlashildi.

Shuningdek, rus, ingliz, fransuz va ispan tillarini biluvchi Leon Deuser ayni paytda o’zbek tilini o’rganayotganligi hamda bir nechta tillarni qiyoslab o’rganish metodikasi xususida o’z tajribalari bilan bo’lishdi. Nemis tilining bugungi kundagi leksik bazasi va uning rivojlanib boorish bosqichlari to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.

Seminarning navbatdagi qismi keying hafta seshanba kunlarida rejalashtirilishi belgilab olindi. Keyingi seminarlar jadvali va vaqti haqida xalqaro bo’lim telegram kanallarida berib boriladi.

Scroll to Top