O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida» 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 26-iyuldagi 56-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazilayotgan ushbu ko’rik -tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining 4 nafar xorijlik talabasi: Jurnalistika fakultetidan Farxunda Frutan Amiriy, Sayed Naqib Hashimi , Muhammad Ebrahim Anosh hamda biologiya fakultetidan Shanonova Nilufar ishtirok etishmoqda.
Ushbu tanlovda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor f.f.d., prof. Raima Shirinova, O’zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Chorshanbiyev, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri f.f.d., prof.Nilufar Abduraxmonova va katta o’qituvchi Nargiza Inog’omovalar hakam hay‘ati sifatida ishtirok etmoqda. Tanlov ikki shart bo’yicha: tanishtiruv va esse shaklida olib borilmoqda.


