O‘zbekiston Milliy universiteti
Axloqiy Nazorat Qo‘mitasi
Axloqiy Nazorat Qo‘mita maqsadi – ilmiy tadqiqotlarning olib borilishida umuminsoniy qadriyatlar va axloq normalariga to‘g‘ri kelishini nazarda tutadi. Ilmiy tadqiqotlar shaffof va ochiq bo‘lishi, ishtirokchilarning roziligi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi, tadqiqot natijalarining jamiyat va davlat ahamiyatiga ega ekanligini kuzatadi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining asosiy qadriyatlaridan biri, insonlarning qadr-qimmati, huquqlari va farovonligini ta’minlash va himoya qilishga intilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022 yil 14 oktryabr № 595 sonli “Davlat fuqaolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zining odob-axloq qoidalarini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra universitetda faoliyat olib boradigan barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar idoraviy odob-axloq qoidalariga amal qilishlari lozim.
Tadqiqotlarni olib borishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Universitet Ilmiy Kengashi nizomida belgilangan tartibda tadqiqotlarni tegishli axloqiy tekshiruvdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega.
Universitetning Axloqiy Qo‘mitasi Tadqiqot va o‘quv bo‘limi oldida universitetning o‘qitish va tadqiqotiga oid umumiy axloqiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun mas’uldir. Mazkur Qo‘mita axloqiy tekshiruv uchun taqdim etilgan tadqiqotlarni ko‘rib chiqadi, haqiqiy va potensial ishtirokchilarning huquqlari, qadr-qimmati, xavfsizligi va farovonligini himoya qilishga intiladi. Har uch oyda bir marta yig‘ilib, taqdim etilgan loyihalarni axloqiy normalarga to‘g‘ri kelishini tekshiradi, tadqiqotchilarga va ishtirokchilarga xolis maslaxatlar beradi.
Ilmiy tadqiqotlarda insonlar ishtiroki
O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy Kengashi turli sohalardagi ilmiy tadqiqotlarni olib borishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik normalari, me’yoriy hujjatlar, xalqaro konvensiyalar normativ hujjatlarida belgilangan ahloqiy, huquqiy va professional talablarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash majburiyatini oladi.
Universitetda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarda jalb etilgan barcha ishtirokchilar (xodimlar, talabalar, uchinchi shaxslar, va x.z)ning huquqlari universitetning ichki qonuni va tegishli boshqa qonun hujjatlariga asosan himoya qilinadi va nazorat ostiga olinadi. Tadqiqotlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytirish Universitet va tadqiqotchilarning zimmasiga yuklatiladi.
Universitet Ilmiy Kengashi tadqiqotlarning axloqiy normalarga muvofiq ravishda olib borilayotganlishini kuzatib boradi. Tadqiqot jarayonlarining barcha bosqichlarini o‘tkazish – rejalashtirish, loyihalashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, natijalar haqida xisobot berishda tadqiqot etikasi doirasidagi savollarni ko‘rib chiqadi, axloqiy tamoyillar va kasbiy kodekslar ijrosini nazorat qiladi.
Tadqiqot odob-axloqi negizida sodiqlik va shaxs daxlsizligini ximoya qilish yotadi. Tadqiqotlarga jalb etilgan ishtirokchilarning ma’lum huquq va majburiyatlari bor: erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, ma’lumotlarni maxfiyligi yoki ochiqligi. Tadqiqotlar davomida axloqiy qoidalar va kasbiy me’yorlarga rioya qilinadi, shaxslar va ularning huquqlari ximoya qilinadi.