O‘zbekiston Milliy universiteti

Barqaror Investitsiyalar Siyosati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini hayotga targ‘ib etishda o‘z hissasini qo‘shayotganidan faxrlanadi. Universitet atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv masalalarini investitsiyalarni boshqarish jarayonlari va mulkchilik amaliyotiga maqsadli integratsiyalashuvi moliyaviy natijalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblaydi.

O‘zbekiston Milliy universiteti qadriyatlari

O‘zbekiston Milliy universitetining asosiy maqsadlaridan biri – jamiyatga foyda keltiradigan chinakam global universitet bo‘lishdir. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun o‘qitish va tadqiqotda akademik erkinlik tamoyiliga tayanadi. 

Universitetning mas’uliyatli sarmoyaga bo‘lgan yondashuvi, avvalo o‘z oldiga qo‘ygan umuminsoniy qadriyatlarni qo‘llab quvvatlash va vazifalarini to‘liq bajarishini ta’minlashda qo‘maklashadi. Universitet doim jamiyat va atrof-muhitga bo‘lgan g‘amho‘rlik, va unga sodiqlik yonma-yon borishini tushunib kelgan va bunday mas’uliyat tadqiqotlar, ijtimoiy boshqaruv, talabalar hayoti va tajribasi va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, boshqarish va rivojlantirish orqali barqarorlikka yondashuvi davomida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ichki faoliyat

Universitet o‘zining ichki siyosatida atrof-muhit, salomatlik, ijtimoiy va boshqruv bo‘yicha quyidagilarga e’tibor qaratadi: 

Universitetning mas’uliyatli sarmoyani qo‘llab-quvvatlashi aniq va bizning e’lon qilingan qadriyatlarimiz va missiyamizni asoslaydi. Universitet qarorlarning o‘zining barcha faoliyatiga potensial ta’sirini ko‘rib chiqadi va o‘z tanlovlarini amalga oshirish bosqichlarini joriy etadi.

Scroll to Top