O‘zbekiston Milliy universiteti

Barqaror xaridlar bo‘yicha siyosati

Barqaror xaridlar deyilganda, sotib olingan mahsulot va xizmatlar iloji boricha barqaror, atrof-muhitga eng past ta’sir va eng ijobiy ijtimoiy natijalarga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilishi lozimligini nazarda tutadi. Shunga ko‘ra, barqaror moliya tizimi birinchi navbatda keraksiz xaridlarni kamaytirishi, ortiqcha yoki ko‘p ishlatiladigan mahsulotlarni sotib olishni qisqartirish, qayta ishlanadigan yoki kompostlanadigan (tabiiy chirindi) mahsulotlarni sotib olishga ustuvor ahamiyat berishi kerak.

O‘zbekiston Milliy universiteti ham, o‘zining rivojlanish strategiyasida Barqaror xaridlar siyosatini ilgari suradi. Universitetning Barqaror xaridlar strategiyasini qo‘llashdan maqsadi – ijtimoiy, ekologik va boshqa xavflarni kamaytirish bilan birga, rejali asosda samaradorlikni oshirish orqali tovarlar va xizmatlarni xarid qilish, maxalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlashdan iboratdir. Universitetning xarid qilish tizimlari orqali sotib olayotgan maxsulotlar, yoki universitetning boshqa shartnomalari bo‘yicha yetkazib beriladigan xizmatlardan foydalanganda, talabalar va xodimlarning ijtimoiy masalalar kabi mezonlar e’tiborga olinishi lozim.

Barqaror xaridlar mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan xizmatlar pul qiymatiga erishadigan tarzda, eng ijobiy ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy hayot ijobiy ta’sir qilishi mumkin. 

Bunday harakatlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning tashabbuskor bo‘lishga undaydi, tegishli tekshiruv jarayonilaridan so‘ng barqarorlikka bo‘lgan ta’sirlarni aniqlash, baholash, oldini olish, yumshatish va hisobga olish imkoni beradi. Barqaror xaridlar mahsulotlar va materiallar uzoq vaqt davomida o‘z qiymatini saqlab turadigan barqaror iqtisodiyotni amalga oshirishga undaydi, iloji boricha resurslardan foydalanish va chiqindilar minimallashtirish, mahsulotlar qayta ishlash tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Scroll to Top