O‘zbekiston Milliy universitetining atrof muhit, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq barqarorlikka yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari

Barqaror Rivojlanish Maqsadlari tarkibiy qismiga kiruvchi atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar dunyo hamjamiyatining kun tartibida dolzarb masalalar qatoridan joy olgan. Xalqaro darajadagi yetakchi tashkilotlar, moliyaviy institutlar, jamoat fondlari va birlashmalari, endilikda o‘z boshqaruv siyosatlarida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari strategiyasini qo‘llamoqdalar. 

Yuqoridagi maqsadlarga bosqichma bosqich erishish uchun, O‘zbekiston Milliy universteti Fizika fakulteti, Biologiya fakulteti, Kimyo fakulteti, Ekologiya fakulteti, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti, Geologiya va geoinformatsiontizimlar fakulteti, Gidrometereologiya fakulteti, Ijtimoiy fanlar fakultetlari o‘quv dasturlarida Barqarorlik Rivojlanish Maqsadlariga yo‘naltirilgan  fanlar joriy etilgan. 

Atrof-muhit va barqarorlikka yo‘naltirilgan dasturlar tadqiqotlarning mahalliy darajadan global darajaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xalqaro loyihalar ustida ishlaydi. Shu sababli, Ijtimoiy fanlar fakultetida ingliz tilida iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan darslar majmuasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘quv dasturlari maqsadi talabalarga iqlim va atrof-muhit bilan bog‘liq xavflar, moliyaviy institutlar harakati, xavflarni bartaraf etishda qanday strategiyalar qo‘llash, iqlim inqirozi vaziyatida risklarni qanday boshqarish mumkin va shunga o‘xshash strategik harakatlarni boshqaruv tizimiga qanday kiritish kerakligini chuqurroq tushunishtirishdan iboratdir.

Barqarorlik tadqiqotlarga yo‘naltirilgan dasturlar tabiiy fanlar, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha mustahkam asosga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Mutaxassislik talabalari ekologik va atrof-muhit salomatligini qanday saqlash, iqtisodiy farovonlikni yaratish va o‘zgaruvchan dunyoda ijtimoiy adolatni ta’minlashni o‘rganadilar. Barqarorlikni o‘rganish bo‘yicha talabalar ushbu uchta maqsadning bir-biriga bog‘liqligini tushunishadi, mahalliy, milliy va global miqyosda uzoq muddatli istiqbolda ularga qanday erishish mumkinligini o‘rganadilar.

Tadqiqot iqlim va barqarorlik, energiya tizimlari, shaharlarga o‘tish, tabiiy resurslar va yerdan foydalanishni boshqarish, biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlaridan tortib iste’mol, siyosat aralashuvi va biznes boshqaruvi kabi fanlarni o‘z ichiga oladi.O‘quv dasturi tugagandan so‘ng, talabalar muammoli sohalar va ularni qanday boshqarish haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari kutiladi.

Scroll to Top