O‘zbekiston Milliy universiteti
BRM ga qaratilgan tadqiqot markazlari
Iqlim o‘zgarishiga moslashishni rejalashtirish, rivojlanish choralari orqali qirg‘oq va suvni boshqarish, bio xilma xilliklar, tabiiy ofatlar va tabiiy xavflarni boshqarish, shahar, davlat va mintaqa darajasidagi siyosatga kiritilgan.
O‘zbekiston Milliy universitetida Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan turli sohalarida o‘ziga xos tadqiqot tamoyillariga, usullariga ega bo‘lgan bir qancha ilmiy maktablar yaratilgan. Bu ilmiy maktablarni yaratgan olimlar va ularning izdoshlari iqlim o‘zgarishi va va atrof-muhitni himoya qilishda bir qancha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqdalar. Mazkur ilmiy maktab tadqiqotchilari va o‘qituvchilari zamonaviy jamiyatda ijtimoiy, axloqiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq sohalarda ilmiy faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy markazlari tarkibida Tabiiy birikmalar va bioorganik kimyo ilmiy maktabi, Aromatik birikmalarni alkillash va atsillash reaksiyalari ilmiy maktabi, Analitik kimyo ilmiy maktabi, Koordinatsion birikmalar kimyosi ilmiy maktabi, Makrotsikllar kimyosi ilmiy maktabi, Umurtqalilar zoologiyasi ilmiy maktabi, Biokimyo ilmiy maktabi, G‘o‘za genetikasi ilmiy maktabi, Biofizika ilmiy maktabi, Genetik mineralogiya va geokimyo ilmiy maktabi, O‘rta Osiyo litologiya va formatsiya ilmiy maktabi, O‘zbekiston gidrogeologiyasi ilmiy maktabi, Magmatizm va geodinamika-petrologiya ilmiy maktabi, O‘zbekiston mikro va nanomineralogiyasi ilmiy maktabi, Tabiiy geografiya – landshaftshunoslik ilmiy maktabi, O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi ilmiy maktablari foaliyat olib boradi.
Tadqiqotlar markazida atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq turli xil ilmiy loyihalar ustida izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan:
Loyihadan kutilayotgan natija Inqirozga uchragan cho‘l yaylovlarining hosildorligini oshirish imkonini beruvchi 15 ta cho‘l ozuqabop o‘simlik navlarini turli ekologik va tuproq sharoitlarida sinash orqali mahalliy sharoitlarga moslashgan navlar tanlanadi va ekiladi.
O‘zbekistonda cho‘l o‘simliklari uchun birinchi marta o‘simliklarning atrof-muhitning noqulay sharoitlariga moslashishi bilan bog‘liq genetik markerlarni aniqlash. Turli xil atrof-muhit omillariga, shu jumladan tuproq sho‘rlanishiga, qurg‘oqchilikka va boshqalarga nisbatan ularning adaptatsion xususiyatlari baholanadi. GAT texnologiyalaridan foydalangan holda tanazzulga uchragan yerlarni baholash amalga oshiriladi, tematik elektron xaritalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Batafsil…
Loyihani amalga oshirish natijasida Orol dengizining qurigan tubida tuprog‘i turli darajada sho‘rlangan, suv tanqis sharoitda tuproq xossalarini yaxshilash hamda tuproq paydo bo‘lish jarayonini turli biopreparatlar qo‘llash orqali faollashtirishning ilmiy asosi yaratiladi. Natijada Orolning qurigan tubida sho‘rlanishning turli darajasi va tipiga chidamli o‘simliklar o‘stirishning innovasion tadbirlari ishlab chiqiladi. Olinadigan natijalarning ahamiyati shundaki, Orolning qurigan tubidagi qumliklarda dastlabki tuproq paydo bo‘lish davrida namlik, fizik va kimyoviy xossalar yaxshilanadi, fermentlar, mikrorganizmlar faolligi tiklanadi. Hududda turli o‘simliklarni o‘stirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa Orol dengizining qurigan tubida yashil makon paydo bo‘lishiga, qum va tuzlarning uchishini va namlikning bug‘lanishini kamaytirishga, hududning biologik hilma hilligini oshirishga hamda Orolning qurigan tubidagi bir necha million gektar maydonda o‘stirilgan turli o‘simliklardan turli tarmoqlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Batafsil…
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida O‘zbekistonda belgilangan ko‘plab maqsadlardan biridir. Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishi doimiy monitoring va katta resurslarni talab qiladi. Biroq, qurg‘oqchilikni suv tanqisligi oqibatlaridan biri sifatida oldindan aytish qiyin va asosiy qurg‘oqchilik ko‘rsatkichlarini qo‘llash oson emas. Quyosh radiatsiyasi yuqori haroratlarda bug‘lanish orqali suv tanqisligiga ta’sir qiluvchi parametrlardan biridir. Boshqa tomondan, olingan energiya miqdori qayta tiklanadigan nol-uglerodli energiya manbaiga o‘tkazilishi mumkin.
Loyihaning maqsadi qurg‘oqchilikka olib keladigan sharoitlarni o‘rganish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini tahlil qilish va masofaviy zondlash ma’lumotlaridan foydalangan holda monitoring tizimini yaratish uchun geostatsionar meteorologik sun’iy yo‘ldoshlardan olingan quyosh radiatsiyasi va yer usti meteorologik kuzatuv ma’lumotlarini birlashtirishdan iborat. Ushbu ma’lumotlarni 0,1×0,1o aniqlikdagi meteorologik sun’iy yo‘ldoshlar hamda kuzatish tarmog‘i yordamida monitoring qilish O‘zbekistonning kelajakdagi barqaror rivojlanishi uchun asos yaratishda muhim ahamiyatga ega. Batafsil…
Atrof-muhit monitoringining dastlabki bosqichi xududlarning ekologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish, ularning murakkabligi va turli xil tipga mansubligini baholash maqsadida hududlar ekologik rayonlashtiriladi. Orol hududida mavjud o‘simliklardan va ularning urug‘ zahirasidan foydalanishning ekologik xavfsiz, ratsional tizimi, yaylov xo‘jaligini boshqarishning ilg‘or mexanizmlari, inqirozga uchragan xududlarni yaxshilash samarali texnologiyalari va istiqbolli fitomeliorantlari ishlab chiqiladi.
Loyihaning maqsadi: Orol dengizining qurigan tubining ekologik, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan urug‘ zahirasi mavjud bo‘lgan tayyor o‘simliklar yoki ekin turlari mavjud bo‘lgan navlarni hudud tuprog‘ining sho‘rlanganlik darajasi va maqbul biologik muhit talablariga mos tarzda ilmiy asosda joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi, tadqiqot obyektlari va ularni qayta tiklash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Batafsil…
O‘zbekistonning geografik o‘rni, keskin kontinental, issiq va qurg‘oqchil iqlimi tog‘li va pasttekislik hududlarda suv resurslarining tarqalishini belgilaydi. Suv resurslarining asosiy iste’molchisi hisoblangan sug‘orma dehqonchilik hududlari respublikaning pasttekisliklari hisoblanadi. Mintaqaning asosiy suv yig‘ish zonasi respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlaridir. Daryolar oqimi mavsumiy qor qoplami, muzliklar va yomg‘ir suvlariga bog‘liq. Yer yuzasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi doimiy muzliklar maydoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Baland tog‘li hududlarda kuzatish jarayonining murakkabligi sababli muzliklarning holatini muntazam ravishda kuzatib borish imkoniyati cheklangan. O‘zbekistondagi muzliklarning erish jarayonlarini o‘rganishda eng samarali vosita bu masofadan turib zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi.
Sun’iy yo‘ldosh suratlari va GAT texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekiston tog‘ tizmalari muzliklari maydonining o‘zgarish dinamikasini aniqlash imkonini beradi. Batafsil…
Chirchiq (O‘zbekiston) va Tapi (Hindiston) daryolarida meteorologik qurg‘oqchilik, gidrologik qurg‘oqchilik va suv tanqisligi jihatlarini – muayyan davr uchun tabiiy sharoitda va tanlangan daryo havzalaridagi Chorbog‘ (O‘zbekiston) va Ukay (Hindiston) to‘g‘onlari ta’sirida yuzaga keladigan qurg‘oqchilik indekslarini baholash. Chirchiq va Tapi daryolari havzalarida meteorologik qurg‘oqchilikning asosiy xususiyatlarini aniqlash, qurg‘oqchilik indekslaridan foydalangan holda uni turli vaqt oralig‘idagi iqlimiy ssenariylar bo‘yicha prognozlash va baholash. Iqlim o‘zgarishining meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilikka ta’sirini statistik baholash, meteorologik qurg‘oqchilikning yillararo tebranishi o‘rganish, Piskom va Yangiyo‘l meteorologik stansiyasi ma’lumotlari asosida meteorologik qurg‘oqchilikni tavsiflash. Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar: Chirchiq daryosi havzasida kuzatilgan gidrologik va meteorologik ma’lumotlar umumlashtirildi va birlamchi qayta ishlandi. Chirchiq daryosidagi meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilikni tavsiflash uchun qurg‘oqchilikning tegishli ko‘rsatkichlari tanlandi. Chirchiq daryosining yillik va mavsumiy oqim o‘zgaruvchanligi baholandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari (SPI, SSI, Run theory) tavsiflandi va aniqlandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari orasidagi bog‘lanishlar aniqlandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslarining turli ta’minlanishlarida “Hit-score” indeklari aniqlandi. Meteorologik va gidrologik qurg‘oqchilik indekslari orasidagi bog‘lanishlar siljitishlar usulida baholandi.
Universitet hamkorlikdagi transdisiplinar yondashuvlar yordamida odamlar, joy va o‘zgarishlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunishga qaratilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zining barqarorlikka qaratilgan tadqiqot markazlari orqali ijtimoiy adolatli va gullab-yashnayotgan dunyo uchun siyosat, qashshoqlik va ijtimoiy adolatsizlik, iqlim o‘zgarishini bartaraf etishning zamonaviy muammolariga yechim topish, rejalashtirish va qarorlar qabul qilish uchun dalillarga asoslangan yechimlarni taqdim etish kabi ijbiy o‘zgarishlar hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan qilib qo‘ygan. Batafsil…