O‘zbekiston Milliy universiteti siyosatida imkoniyati cheklanganlarni qo‘llab quvvatlash
Hozirda O‘zbekiston Milliy universitetida 400ga yaqin turli hil nogironligi bo‘lgan talabalar ta’lim olmoqdalar. Ularni ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish universitetning strategik vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga to‘siqsiz hududni yaratish, barcha yo‘nalishlarda inklyuziv ta’lim metodikasiga oid o‘quv materiallarini ishlab chiqish va ta’lim jarayonida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan inklyuziv ta’lim tamoiyllarini to‘liq joriy qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan
Birlashgan millatlar tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi, “Barqaror rivojlanish maqsadlari”, “O‘zbekiston Respublikasining nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlari tug‘risida”gi, “Ta’lim tug‘risida”gi, qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, PQ-4860-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z konsepsiyasini va ish rejasini ishlab chiqdi. Mazkur ish rejani joriy etishda quyidagilarga e’tibor qaratadi:
- a) O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida inklyuziv ta’lim markazini tashkil qilish;
- b) O‘zbekiston Milliy universitetida to‘siqsiz hududni yaratish;
- c) barcha yo‘nalishlarda inklyuziv ta’lim metodikasiga oid o‘quv materiallarini ishlab chiqish;
- d) inklyuziv ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida ta’lim berishda inklyuziv ta’lim tamoyillariga oid yondashuvlarni ta’lim modullariga kiritish;
- e) inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar ishlab chiqish;
- f) nogironligi bor talabalarga inklyuziv ta’lim berishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan professor-o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
- g) universitet axborot resurs markazidagi kompyuterlarga nogironligi bor talabalarga foydalanish imkonini beruvchi maxsus dasturlar(o‘zbek tilidagi audio sintezatorlar) bilan ta’minlash va kitoblarning brayl alifbosidagi va audio kioblar bilan boyitish;
- h) O‘zbekiston Milliy universitetidaimo-ishora tilini o‘rgatish kurslarini tashkil qilish.
Mazkur vazifalarni bajarish orqali 2022–2030 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar, yetarli sharoitlar yaratish, sifatli ta’limga erishish nazarda tutiladi