O‘zbekiston Milliy universiteti
Iqlim Mufofazasi harakati strategiyasi
Universitetlar iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tadqiqot va o‘qitishning muhim markazlaridan biri hisoblanadi. Universitetlar iqlim inqirozi va atrof-muhit himoyasi borasida umumiy maqsad sari ishlashda hukumatlar, yirik tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining muhim hamkorlari sanaladi, shu sababli iqlim o‘zgarishini cheklash bo‘yicha global harakatlarga yetakchilikni egallashlari lozim.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida iqlim harorati tezlik bilan isib bormoqda. O‘rtacha global harorat 1880 yildan beri, ayniqsa XX asr oxiridan boshlab 1,2 darajaga oshdi. 1,5 darajadan yuqori harorat qaytarilmas va tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, samarali va adolatli strategiyalar yordamida iqlim isishini va olib keladigan salbiy natijalarini sezilarli darajada kamaytirishi va iqlim barqarorligiga hissa qo‘shishi mumkin.
Iqlim o‘zgarishishi va atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha xalqaro hamkor universitetlar birgalikda tajriba almashinuvi, ilmiy konferensiyalar, laboratoriya tadqiqotlari, taniqli professor o‘qituvchilar bilan talabalar uchrashuvi, ilmiy to‘garaklar va shunga o‘xshash xalqaro hamkorlik doirasida ko‘plab loyihalar olib borilmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti o‘z hududida chiqindilarni saralash va qayta ishlash, plastik maxsulotlardan foydalanishni kamaytirish, daraxtlar ekish, obodonlashtirish ishlari, quyosh panellarini o‘rnatish, yashil hududni ko‘paytirish va kengaytirish, elektr energiyalarini tejash, suv va tabiiy gaz iste’molini barqarorlashtirish, uglerod neytralitet bo‘yicha majburiyatlar, ekologik xarakatlarni targ‘ib etish, hamda atrof-muhitga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni joriy etish, olib borish, qo‘llab quvvatlash va targ‘ib etish kabi tashabbuslarni olib boradi.
Issiqxona gazlarining atrof muhitga chiqarilishi va iqlim o‘zgarishida maishiy chiqindixonalar, neftgaz sanoati tizimining o‘rni katta hisoblanadi. Bu bo‘yicha Tuproqshunoslik kafedrasi olimlari qator ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan, Toshkent viloyati Oxangaron tumani maishiy chiqindixonalar atrofida tarqalgan tuproqlarning ifloslanish xolati, tuproqda kimyoviy moddalarni saqlanib turishi, o‘simliklarga ta’siri, tarqalish masofasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdi va natijada hududning kimyoviy ifloslanish, fon, muhofaza mintaqalarga ajratildi. Neftgaz sanoati tizimida esa tuproqlarni neft uglevodorodlari bilan ifloslanishi, o‘simlik va tuproq xossalariga ta’siri o‘rganilib, tozlashning biologik usulga asoslangan texnologiyasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan texnologiyaga Ixtiro sifatida Patent olindi (IAP06248).
O‘zbekiston Milliy universiteti ham Markaziy Osiyoda yetakchi universitetlardan hisoblanadi. Va u o‘zining siyosatida atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan barqaror ekologik strategiyalarini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, suv resurslari va atrof muhitga doir ilmiy tadqiqot loyihalari joriy etilgan va amalda qo‘llanilmoqda.