Iqlim o‘zgarishi va issiqxona effekti
Yerdagi hayot Quyoshdan keladigan yorug‘lik va issiqlik tufayli paydo bo‘lgan va davom etmoqda. Yerga yetib kelgan Quyosh issiqligining 30% koinotga qaytadi, qolgan 70% esa atmosfera qatlamida qoladi. Quruqlik, dengiz va atmosferada yig‘ilgan gazni o‘zlashtirilishi hisobiga Yer shari issiqlikni saqlab qoladi.
Tabiiy issiqxona effekti atmosferada qatlamida suv bug‘lari (N2O), karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), azot oksidi (N2O) tufayli hosil bo‘lib, Yerda hayotni shakllanishiga sabab bo‘lgan tabiat hodisasidir. Bu gazlar Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga yetib borishiga sharoit yaratadi, lekin Yerdan chiqadigan infraqizid nurlanishni yutadi.
Insonning issiqxona effektiga ta’siri
BMTning Iqlim o‘zgarishiga doir keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra: tabiiy yoqilg‘ilar – ko‘mir, gaz va neft kabilar iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ular globar issiqxona gazlari chiqindilarining 75% ortig‘ini va karbonat angidrid chiqindilarning deyarli 90% tashkil etadi.
Natijada, global isish va iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Sayyora hozirda insoniyat tarixidagi har qanday vaqtga qaraganda tezroq isimoqda. Haroratning ko‘tarilishi vaqt o‘tishi bilan ob-havo sharoitlarini o‘zgartiradi va normal tabiiy muvozanatni buzadi. Bu esa odamlar hayoti va salomatligi hamda Yerdagi barcha hayot shakllari uchun juda katta xavf tug‘diradi.
Ob-Havoga oid Ma’lumotlar Yaponiya meteorologiya agentligi qoshidagi Issiqxona Gazlari bo’yicha Jahon ma’lumotlar markazi (World Data Centre for Greenhouse Gases – WDCGG) tomonidan to’planadi va tarqatiladi. GAW Issiqxona gazlari bo’yicha ilmiy maslahat guruhi (SAG-GHG) dasturni ishlab chiqish bo’yicha maslahat beradi. GAW har yili issiqxona gazlari byulletenini chiqaradi, unda eng ta’sirli, uzoq umr ko’radigan issiqxona gazlari, karbonat angidrid (CO2), metan (CH4) va azot oksidi (N2O) ning so’nggi tendentsiyalari va atmosfera yuklari, shuningdek, kamroq gazlarning hissasi haqida qisqacha ma’lumot keltiriladi.
Iqlim o‘zgarishiga doir tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kelgusi o‘n yilliklarda global harorat ko‘tarilishda davom etadi. Bunga asosan, insoniyat sababchi bo‘lib, issiqxona gazlari emissiyalari miqdori ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhitga global iqlim o‘zgarishi allaqachon ta’sir qilgan. Muzliklar kamaymoqda, daryolar va ko‘llardagi muzlar erib ketdi, o‘simliklar va hayvonlarning yashash joylari o‘zgardi, daraxtlar erta gullay boshladi, tabiat muvozanati o‘zgardi.
Barcha birlashgan holda, vaqtni behuda sarf qilmasdan chiqindilarga e’tibor beraylik va issiqxona gazlari tufayli iqlim o‘zgarishi haqida xabarlar jamoat e’tiborini ko‘proq jalb qilaylik.