Issiqhona gazlari protokoli

So‘ngi yillarda sanoat sohasining tezlik bilan rivojlanishi, ma’lum darajada atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Yirik zavod va fabrikalardan chiqarilayotgan zararli gazlar, katta inshootlarning qurilishlari, yashil yerlarning sun’iy ravishda o‘zlashtirilishi, maishiy chiqindilarni saralamasdan tashlash, transportlardan chiqayotgan karbonat angidrid kabi gazlar, yer sathining me’yordan ortiq isib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 

Bunday iqlimning salbiy tomonga qarab o‘zgarishiga asosiy omil – albatta inson faoliyatidir. Agar butun dunyo hamjamiyati birgalikda ushbu muammoni ijobiy tomonga hal etishga kirishmasa, kelgusida global miqyosda katta inqiroz ro‘y berishi mumkin. 

Issiqxona gazlari protokoli tashabbusi davlatlar, hukumatlar, AQSHda joylashgan Jahon Resurslar Instituti (World Resources Institute – WRI) hamda World Business Council for Sustainable Development (WBCSD) boshqa yirik korxonalar, nodavlat notijorat tashkilotlar 170 ta xalqaro kompaniyalar hamkorligi koalitsiyasi Jenevada 1998 yilda tuzilgan bo‘lib, mazkur tashabbusning maqsadi biznes amaliyoti, xo‘jalik hisobi standartlarini yuritishda xalqaro miqyosda qabul qilingan issiqxona gazlari (Greenhouse Gas – GHG) protokolini keng joriy etilishi va rag‘batlantirishdan iboratdir.

Shu sababli, davlatlar, yirik korxonalar, jamoat birlashmalari, yuqorida keltirilgan xalqaro tashkilotlar birgalikda BMTning 2015 yilda qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 17 ta dasturlaridan joy olgan iqlim o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan hamda uglerod chiqindilarini kamaytirish, uglerod betaraflik, issiqxona gazlari haroratini pasaytirish borasida o‘z milliy dasturlar ishlab chiqishmoqda.

Scroll to Top