O'zbekiston milliy universiteti
Barqaror moliya siyosati
O‘zbekiston Milliy universiteti Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga kiritilgan dasturlari doirasiga kiritilgan strategilarning bir qismi bo‘lgan Barqaror moliya siyosatini yuritadi. Barqaror moliyalashtirishni dastur maqsadlarini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan va uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish, monitoring dasturlarini ishonchli ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladigan ishonchli doimiy daromad oqimi sifatida belgilanadi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishda operativ boshqarish huquqi bilan davlat tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, O‘zbekiston Milliy universiteti pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan.
O‘zbekiston Milliy universiteti faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va hususiylashtiriladigan obyektlar qatoriga kiritilgan.
O‘zbekiston Milliy universiteti moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, xadya yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk va boshqa mulkiy obyektlarga, oliy ta’lim muassasasi faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o‘z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy obyektlarga egalik qilish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Milliy universitetiga ajratilgan yer uchastkalari O‘zbekiston Milliy universitetiga muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan xolda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o‘kitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lov – shartnoma asosidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Milliy universiteti o‘z mulki bilan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qitish, tadqiqotlar olib borish, tadbirkorlik, sanoat akademiyasining ishtiroki, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar orqali jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi.