Universitet xodimlari salomatligini tiklash va moddiy rag'batlantirish

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi faoliyat turi boʻyicha umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlar, qisman ish bilan band boʻlganlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar va oʻquvchi yoshlar, pensionerlar, aholi boshqa qatlamlarini birlashtirgan kasaba uyushmalarini oʻz ichiga oladi va oʻzini oʻzi boshqaradigan koʻngilli nodavlat, notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. O’zbekiston Milliy universitetida ham bu federatsiyaning kasaba uyushma qo’mitasi mavjud bo’lib, har yili universitet professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlarining salomatliklarini tiklash, ularning madaniy-ma’rifiy dam olishlariga ko’maklashish va moddiy jihatdan yordam ko’rsatish uchun bir qancha xayrli ishlarni tashkillashtiradi. Xususan, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Kasaba uyushmasi qo’mitasi muntazam ravishda hodimlar va talabalarning jismoniy va ruhiy salomatliklarini tiklash uchun hamkor tashkilotlar bilan bir qator imtiyozli hordiq va davolanish uchun yo‘llanmalar beradi:

  • Universitet professor-o’qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatliklarini tiklash va dam olishlariga yordamlashish maqsadida respublikamiz hududida joylashgan “Turon” , “Oqtosh” kabi dam olish maskanlari uchun imtiyozli yo’llanmalar ajratildi. 
  • Istiqlol yillarida bolalar manfaatlari himoyasi, ularning salomatligini muhofaza qilish, barkamol avlod tarbiyasi masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Universitetimizda ham bu boradagi ishlar tizimli va keng yo’lga qo’yilgan bo’lib, xususan, 2022-yilning iyun oyida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va jamoat ishlaridagi  faol ishtirokini inobatga  olib ularning farzandlari uchun Xumson qishlog’idagi “West Camp” bolalar sog’lomlashtirish oromgohiga imtiyozli yo’llanmalar ajratildi. 
  • Milliy g’oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash va ilm-fan taraqqiyoti yo’lida katta hissa qo’shayotgan hamda universitetimizda uzoq yillrdan buyon faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarni moddiy rag’batlantirish va yubiley yoshlarini munosib nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Xususan,  O’zbekiston Respubliksi Fanlar akademiyasi akademigi, Fizika fakulteti professori Mamadaliyev Abdug’afur Teshabaevich 75 yillik yubileyi munosabati bilan rahbariyat tomonidan taqdirlandi. 
  • Universitetda moddiy rag’batlantirishlar bilan bir qatorda professor-o’qituvchi va talabalarning ma’naviy hordiq chiqarishiga ham alohida e’tibor qaratiladi. 2022-yilning 13-aprel kuni Jurnalistika fakulteti talabalari va kasaba uyushma faollaridan iborat 25 nafar xodimga Samarqand shahriga bir kunlik sayohat tashkil qilindi. 

Yuqorida sanab o’tilgan ishlar universitet tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlarning mingdan biri bo’lib, har yili professor-o’qituvchilar salomatliklarini tiklash va moddiy-ma’naviy qo’llab-quvvatlash uchun juda ko’p savobli tadbirlar amalga oshiriladi. Shuningdek, bu ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi. 

Scroll to Top