O‘zbekiston Milliy universiteti

Talabalar Kengashi

O‘zbekiston Milliy universiteti Talabalar kengashi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zMU Kengashi tomonidan 2022 yil 27 mayda tasdiqlangan 12-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Milliy universitetining Talabalar Kengashi faoliyatini tartibga soladi. 

Talabalar Kengashi talabalarning universitet faoliyatining talabalarga tegishli eng muhim masalalarini muhokama qilish va hal qilishda ishtirok etish, talabalar hayotidagi dolzarb masalalarni hal qilish, ijtimoiy himoya huquqlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Talabalarning faolligi, ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va amalga oshiradi.

Talabalar Kengashining asosiy maqsadi talaba-yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning ijtimoiy yetukligi, mustaqilligi va qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, universitetdagi talaba-yoshlarning ta’lim tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaslar bo‘lib yetishisha munosib xissa qo‘shishdan iborat.

Talabalar Kengashi universitet yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘quv, tarbiya va boshqa yoshlar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari faoliyatini o‘rganish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; universitet yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan universitet rektoriga bevosita takliflar kiritish; universitetdagi sharoitlardan foydalanish, yoshlar ishtirokida to‘garaklar, klublar tashkil etish, ish rejasidagi chora-tadbirlarning universitet tomonidan moliyalashtirilish yuzasida Talabalar Kengashi takliflarini universitet rahbariyatiga berib borish hamda homiy va hamkorlarni jalb etish kabi faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Scroll to Top