O‘zbekiston Milliy universiyeti
Tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik siyosati
O‘zbekiston Milliy universiteti barcha xodimlar va talabalar universitetning to‘liq jamiyat a’zosi sifatida his qilishini istaydi va birgalikda universitet hayoti, bilimi va o‘sishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan inklyuziv madaniyatni yaratishga harakat qiladi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro miqyosdagi tadqiqotga asoslangan universitet maqomiga erishish yo‘lida tenglik, taraqqiyot va hamma uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan muhit yaratishga tayanadi. Universitetdagi barcha xodimlar va talabalarga turli madaniyatlar, bilimlar va o‘ziga xoslikni namoyon etish orqali universitet rivojiga ijobiy hissa qo‘shishga da’vat etiladi. Bundan tashqari barcha xodim va talabalar, o‘zlaridagi bor iqtidor va qobiliyatni kashf etishlari uchun ish, o‘rganish, ijtimoiy va yashash muhitini yaratadi.
Universitet xodimlari va talabalarni ishga olish va qabul qilish jarayonlarida, universitet tadqiqot faoliyatida, o‘qitishda, talabalar shaharchasi, akademik va professional xizmatlar, talabalar hamjamiyati faoliyati tajribalarida tenglik va inklyuziv amaliyotni faol targ‘ib etadi.
Tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik siyosati: qadriyatlar va tamoyillar
Universitetning strategik rejasining ajralmas qismi bo‘lishi bilan bir qatorda, Tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik strategisida tenglik, xilma-xillik va inklyuziv amaliyot universitet madaniyatini akademik, intellektual va ijtimoiy muhitni yaxshilaydi degan ishonchga asoslanadi. Buni ta’minlash uchun:
- tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik masalalari bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan yetakchilikni namoyish etish
- tenglik va inklyuziv amaliyotni ilgari surish va har qanday nohaq to‘siqlarni olib tashlash uchun har bir kishi o‘zining shaxsiy mas’uliyatini tushunishini ta’minlash.
- Strategiyani universitetning asosiy kun tartibiga muvofiqlashtirish va kiritish, jumladan: tadqiqot, o‘rganish va o‘qitish; Talabalar va akademik xizmatlar; xodimlar bo‘limi; Ishtirok etishni kengaytirish; Xalqaro aloqalar va universitet Ustavida ko‘rsatilgan huquqlarni targ‘ib etish.
- tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik tashabbuslarni rivojlantirish uchun universiyet xodimlari, talabalari, tarmoqlar va forumlar, shuningdek, Kasaba uyushmalari, O‘zbekiston Milliy universiteti Talabalar Kengashi, o‘quv bo‘limi va boshqa bo‘lim va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
- tashqi tenglik nizom belgilariga erishish muvaffaqiyat o‘lchovi ekanligini tushungan holda, maqsad va harakatlarimiz o‘z ambitsiyalarimiz asosida amalga oshirilishini ta’minlash.
Tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik: strategik maqsadlar
1-Maqsad: Universitet hayotining barcha jabhalariga tenglikni joriy etish
O‘zbekiston Milliy universiteti har tomonlama namuna bo‘ladigan muassasa bo‘lishga intiladi: madaniyat va amaliyotlari haqida ma’lumot beradigan, inklyuziv bo‘lgan va qo‘pol yoki qulay bo‘lmagan muomala, ta’qibning har qanday ko‘rinishini olib tashlaydi va tenglikni targ‘ib qiladi. Bular quyidagicha amalga oshiriladi:
- har bir kishi inklyuziv ta’lim, mehnat va ijtimoiy muhitni yaratish bo‘yicha o‘z mas’uliyatini tushunishini hamda tegishli ilg‘or amaliyot siyosati, yo‘l-yo‘riq va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan xabardor bo‘lishini ta’minlash.
- xilma-xillikni ta’minlash qarorlar qabul qiluvchi organlar va qo‘mitalar faoliyatida o‘z aksini topadi va ular tenglik va inklyuziv amaliyotni ilgari surishda faol hissa qo‘shadi.
- fakultetlar, kafedralar, kollejlar va professional xizmatlarda tenglik, xilma-xillik va inklyuziv faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilmalar va resurslarni joylashtirish.
2-Maqsad: Jalb qilish va muvaffaqiyatga erishish
Turli xil universitetlar hamjamiyatini jalb qilgan holda universitetdagi har bir kishi o‘z qobiliyatlari darajasida muvaffaqiyat qozonishi va muvaffaqiyatga erishishini ta’minlashga intilish. Bular quyidagicha amalga oshiriladi:
- akademik, tadqiqot, o‘qitish, yetakchilik va professional xizmatlar rollari uchun faol jalb qilish va rag‘batlantirish, ishga joylashish, martaba oshirish, yetakchilikni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan, talabalarning ijtimoiy kelib chiqish, e’tiqodi, irqi va jinsidan qat’iy nazar tenglik siyosatini ilgari surgan holda, O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavriat, magistraturad va aspiranturaga hujjat topshirishga jalb qilish, ilhomlantirish, qabul jarayonlarda adolatli va inklyuziv bo‘lishiga ishonch hosil qilish
- turli talabalar hamjamiyat uchun daraja natijalari va ishga joylashish imkoniyatlaridagi farqlarni kuzatib borish, tahlil qilish va qaror qabulja qilishda ishtirok etish va rivojlanishda tenglikni ta’minlash.
3-Maqsad: Turli xil universitetlar hamjamiyatning ehtiyojlariga moslashuvchan bo‘lishi
O‘rganish va ishlashning moslashuvchan usullarini qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv yondashuv orqali mukammallikni ta’minlash, muammolarga yechim topish maqsadlari quyidagicha amalga oshiriladi:
- o‘rganish, o‘qitish va baholashga inklyuziv yondashuvni ta’minlash
- tadqiqot mukammalligini qo‘llab-quvvatlash uchun inklyuziv amaliyotni joriy etishni ta’minlash
- barcha ichki ish siyosati va amaliyotlarda tenglik va inklyuzivlikni targ‘ib qilishni ta’minlash.
4-Maqsad: Inklyuziv talablar shaharchasi yondashuvini qabul qilish
O‘zbekiston Milliy universiteti jamiyatning ehtiyojlariga javob beradigan, qulay, xavfsiz va mehmondo‘st bo‘lgan ta’lim muassasi, ish, ijtimoiy va yashash muhitini ta’minlashga harakat qiladi va bu maqsadlarni quyidagicha joriy etiladi:
- oshkoralik va shaffoflikni rag‘batlantiradigan muhitni yaratish, shuningdek ishonchli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish orqali xodimlar va talabalarning turli tarkibi va ehtiyojlarini tushunish
- talabalar shaharchasi infrastrukturasini kelajakdagi ishlanmalarini ko‘rib chiqishda universitet xodimlari, talabalar va tashrif buyuruvchilarning firklarini o‘rganish va ehtiyojlarini qondirish uchun mavjudlik va inklyuziv amaliyotlarni ta’minlash
- hamma uchun hurmat, qadr-qimmat va inklyuzivlik tamoyillariga asoslangan madaniyatni ilgari surish majburiyatini olish.
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda ishga qabul qilingan talabalar va xodimlardan iborat. Mavjud bo‘lgan o‘ziga xosliklar va tajribalar jamiyatimizning xilma-xilligini shakllantiradi, jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, har bir inson millati, irqi, jinsi, mavqei, jismoniy va aqliy imkoniyati, yoshi ijtimoiy kelib chiqishi va e’tiqodidan qat’iy nazar tenglik maqomiga egadilar va universitet ularning ishlashi va o‘qishi uchun g‘amxo‘rlik qiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Milliy universiteti, tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik tamoyillarini amalga oshirishni ta’minlashni bosqichma bosqich amalga oshiradi va ushbu masala yuzasidan universitet kengashi yig‘ilishida xisobot taqdim etiladi.