Uglerod izi va uning iqlim o‘zgarishiga ta’siri
Inson o‘z faoliyati davomida uzluksiz tarzda yorug‘lik, elektr energiyasi, va boshqa turdagi issiqlik quvvatidan foydalanadi. Bularning barchasi birgalikda atmosferaga CO2 va karbonat angidrid, metan boshqa issiqxona gazlarini chiqaradi. Inson tomonidan chiqarilgan va sarflangan barcha emissiyalarning yig‘indisi «uglerod izi» dir. Ular atmosferaga to‘planib, issiqxona effektini kuchaytiruvchi issiqxona gazlarini chiqarish orqali Yerning iqlim sharoitiga ta’sir qiladi.
Atmosferaga uglerod gazining me’yordan ortiq chiqib ketayotgani halokatli oqibatlarni olib kelishi mumkin. Oxirgi yillarda iqlim juda tez isib ketmoqda. Bunday jarayon sayyoramiz tarixida birinchi marta sodir bo‘layotganini olimlar ta’kidlamoqda.
Hozirgi kundagi eng asosiy vazifalardan biri – qancha energiya sarflanayotganga e’tibor berishdir. Uglerod izini hisoblash mumkin bo‘lgan maxsus onlayn hisoblagichlar mavjud. Buning uchun hayotiy faoliyat haqidagi oddiy savollarga javob berish lozim va algoritm esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qancha yoqilg‘i sarflagannini hisoblab chiqadi.
Qanday qilib oddiy fuqaro sifatida uglerod izini kamaytirishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin:
Mahalliy mahsulotlarni sotib olish: Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uglerod izining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Mahsulot qancha uzoq mamlakatlarga jo‘natilsa, ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida vositachilar qancha ko‘p bo‘lsa, transport izi shunchalik katta bo‘ladi. Ya’ni, transportdan chiqqayotgan zararli gazlar, oziq-ovqat mahsulotlari sof va iste’molga yaroqli holatda yetkazib berish uchun, katta miqdorda sovutgich va muzlatgichlar, elektr energiyalari sarflanadi.
Mavsumiy mahsulotlarni iste’mol qilish: do‘kon yoki bozor rastalarida qish paytida, shaftoli, qovun, tavruz, qulupnay yoki mango kabi ekzotik mevalar boshqa mamlakatlardan keltirilgan, yoki ularni yetishtirish uchun katta hajmdagi elektr energiyasi va suv ishlatilgan. Qish mavzumila iste’mol qilinadigan ekzotik mevalar, yoki boshqa turda oziq-ovqat mahsulotlari A nuqtadagi mamlakatdan B nuqtadagi mamlakatga yetkazish uchun samoletlar, yuk kemalari va yuk mashinalari juda katta miqdorda uglerod izini atmosferaga chiqaradi. Shu sababli, iloji boricha mavsumiy mahsulotlarni ist’emol qilish tavsiya etiladi.
Avtomobildan foydalanishni nazorat qilish: avtomobil yoki boshqa jamoat transportidan umuman foydalanmaslik iloji yo‘q. Lekin shunga qaramay, jamoat transportidan foydalanish orqali shaxsiy mashinadagn chiqadigan zararli gazlar izini kamaytirish imkonini beradi. Ammo shunga qaramay, shaxsiy avtomoblildan foydalanish yanada ekologik toza bo‘lishi mumkin. Ya’ni, avtomobil xarid qilayotganda tanlashda ko‘p yoqilg‘i sarflaydigan katta avtomobilga emas, balki ixcham avtoulovga ustunlik berish ma’quldir. Hamkasblar yoki qo‘shnilar bilan hamkorlik qilishga harakat qiling – ma’lum bir manzilga birga borish ekologik jihatdan qulayroq. Oilada ikkita yemas, bitta mashina bo‘lgan ma’qul.
Agar biror joyga borish juda zarur bo‘lmasa, uyda qoling: albatta sayohatga chiqmoqchi bo‘lsangiz, yoki hizmat safarlari taqozo qilsa, transportdan foydalanish zarurdir. Informatsion texnologiya paytida uydan turib ko‘pgina ishlarni qilish mumkin. Ishga qabul qilish, yoki kommunal to‘lovlar, boshqa bank amaliyotlarini masofadan turib ham bajarish mumkin.
Pandemiya payti, o‘zining salbiy oqibatlari bilan birgalikda ijobiy natijalarni ham berdi. Masalan, biror hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish, konferensiyada ishtirok etish yoki muhim intervyu berish uchun biror joyga borish shart emas. Endilikda, sharoitga qarab barchasini onlayn texnologiyalar yordamida amalga oshirish mumkin.