QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZLARI
O‘zbekiston milliy universitetida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratilib, hamjihatlik qoidalari asosida ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Universitetning mazkur siyosati davlat qonunlari bilan mustahkamlangan. Dini, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi va jismoniy holatidan qat’iy nazar barchaga ko‘maklashish uchun turli bo‘linmalar tashkil etilgan.
O‘zbekiston milliy universiteti respublika bo‘yicha eng katta kontingentga ega oliygoh hisoblanib, xodimlar va talabalar murojaatlari barcha bo‘limlar tomonidan muntazam qabul qilinib boriladi. Jumladan, quyidagi bo‘limlarda imkoniyati cheklanganlar murojaati birinchi navbatda qabul qilinadi:
Tibbiy bo‘lim: Xodimlar va talabalar, xususan nogironligi mavjud va surunkali xastalikka chalingan (yuqumli bo‘lmagan holalar) shaxslarga turli tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Yotoqxonalar ajratilishida birinchi navbatda nogironligi bor talabalarga va undan so‘ng ota-onasi imkoniyati cheklangan talabalarga beriladi.
Ergonomik holatlar bo‘yicha universitetning yurist xizmati va kasaba uyushmasi mutaxassislariga murojaat qilinadi. Shuningdek, mehnat sharoitida yuzaga keluvchi muammolar uchun fuqaro va mehnat muhafazasi bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi.
Eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan talabalar uchun yo‘nalishlar mavjud emas, ammo universitet kar yoki eshitish qobiliyati zaif bolalar o‘qitiladigan maxsus maktablarga homiylik qilib boradi.
Universitet xodimlari va talabalar shikoyatlari qabul qilish uchun alohida tarmoqlar mavjud, ushbu tarmoqlar orqali tengsizlikka oid masalalar o‘rganiladi.