Yoshlarga oid davlat siyosati
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi aholisning 60% dan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar hayoti, sifatli ta’lim, kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning huquq va erkinlarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va tizimga solish borasida bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2016 yil 14 sentyabr kuni “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faolitiyani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli farmoni, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridag yoshlar manfaatlarining haqiqiy himoyachisi bo‘lishiga erishish, ta’lim sifatining oshirishga doir jarayonlarni o‘rganish hamda muassasada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadadi qabul qilingan. Yoshlar faoliyatini yana takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 30.06.2020 yildagi PQ-4768-sonli qarori, Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 18.01.2021 yildagi 23-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qonun hujjatlari, yoshlar manfaatlarini to‘liq himoya qilib, Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarini tuzish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy kengashlari hamda OTM tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Yoshlar yetakchisining saylovi har o‘quv yili boshi (sentyabr oyi)da o‘tkaziladi. Ittifoq boshlang‘ich tashkilotlarning rahbar organi hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilishda yoshlar kengashi, fakultet kengashi, guruh yetakchilari va Ittifoq a’zolari ishtirok etadi.
Yoshlar yetakchisi OTMning barcha Kengashlari va yoshlar masalasiga oid boshqa komissiyalarga a’zo sifatida kiritiladi. Yoshlar yetakchisi Ittifoqning mahalliy kengashi va OTM rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi.
Boshlang‘ich tashkilot OTMning Yoshlar ittifoqi maqsad-vazifalariga xayrixoh bo‘lgan kamida besh nafar yoshlarning tashabbusi bilan tuziladi hamda Ittifoqning mahalliy kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi. OTM dagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘zlari joylashgan hududdagi Ittifoqning mahalliy kengashlariga birlashadi.